Fuqaromizga Davlat tomonidan yordam k’orsatildi.
Joriy yilning 6-iyunida Bosh konsulxonaga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi N.A yordam soʻrab murojaat qildi. Bosh konsulxona xodimlari tomonidan oʻtkazilgan suhbat davomida arizachining turmush oʻrtog’i Rossiyadan badarg’a qilinganligi, qolaversa u hozirgi vaqtda 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan og’ir ahvolda qolganligi ma’lum boʻldi. Shu bois, fuqaro Abdusamatova va uning farzandlariga avia chiptalar davlat hisobidan xarid qilinib, uning voyaga yetmagan farzandlariga vatanga qaytish uchun hujjatlar rasmiylashtirib berildi. © O’zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi