Xizmatlarni boshqarish va konsolida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha instruktsiya | Регистрация в Консоли
Ro'yxatdan o'tish uchun ro'yxatdan o'tayotgan qurilmangizga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatning skanerlari yoki rasmlarini va ushbu hujjat bilan olingan selfilarni oldindan yuklab qo'ying. 1. pscloud.uz saytiga kirib, yuqori o'ng burchakdagi "Kirish" ni bosing 2. Boshqaruv konsolida avtorizatsiya shakliga o'tdik. "Ro'yxatdan o'tish" ni bosing 3. Emailni kiriting va parolni o'ylab toping 4. Ofertani o'qing va roziligingizni belgi bilan tasdiqlang. "Ro'yxatdan o'tish" ni bosing 5. Boshqaruv konsoliga o'tdik. Keyin akkauntni sozlashni yakunlash kerak. "Emailni tasdiqlash" ni bosing 6. Pochtaga kelgan xatdan kodni nusxalab, maydonga joylashtiring va "Emailni tasdiqlash" ni bosing 7. "Telefonni kiritish" ni bosing, maydonga telefon raqamini kiriting va "O'zgarishlarni saqlash" ni bosing 8. Endi to'lov akkauntini yaratamiz. "Akkauntni yarating" ni bosing, akkaunt turini tanlang va "Davom etish" ni bosing 9. Yulduzcha bilan belgilangan maydonlarni to'ldiring va "Davom etish" ni bosing 10. Endi akkauntingizni tasdiqlang va shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni biriktiring. "Yuklash" ni bosing, yon panel ochiladi. Hujjatning old va orqa tomonlarini navbatma-navbat kiriting va "O'zgarishlarni saqlash" ni bosing 11. "Yuklash" ni bosing, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatli selfi suratini yuklang, keyin "O'zgarishlarni saqlash" ni bosing 12. "Yakunlash" ni bosing 13. Siz avtomatik ravishda akkauntni ko'rish sahifasiga yo'naltirilasiz. Sahifaning yuqori qismida tasdiqlash jarayoni haqida bildirishnomani ko'rasiz 14. Bir kun ichida akkauntingizni tasdiqlaymiz va uning yakunlangani haqida pochtangizga xabar yuboramiz
Название:
Xizmatlarni boshqarish va konsolida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha instruktsiya | Регистрация в Консоли
Категория:
Разное