SOG'LOM E'TIQODGA YO'LLANMA 1-DARS• СОҒЛОМ ЭЪТИҚОДГA ЙЎЛЛAНМA•1-дарс
Islomiy aqida shunday aqidaki, Alloh taolo payg‘ambarlarini uni yetkizish uchun yubordi, kitoblarini shu aqida asosida nozil qilib, uni barcha xaloyiq: insu-jinga vojib qildi. Alloh taolo shunday deydi: “Men jin va insni faqat O‘zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. Men ulardan biron rizq ham va ular Meni taomlantirishini ham istamasman” [Zoriyot: 56-57]. Alloh taolo yana shunday deydi: “Parvardigoringiz yolg‘iz Uning O‘ziga ibodat qilishlaringizni amr etdi” [Isro: 23]. Alloh taolo yana shunday deydi: “Aniqki, Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroq bo‘linglar”, (degan vahiy bilan) bir payg‘ambar yuborganmiz” [Nahl: 36]. Barcha payg‘ambarlar bu aqidaga da’vat qilish uchun keldilar. Shuningdek, ilohiy kitoblarning barchasi bu aqidani bayon qilish, uni yo‘q qiladigan, unga zid keladigan va uni noqis qiladigan ishlarni bayon qilish uchun nozil qilindi. Xaloyiqdan har bir mukallaf, ya’ni oqil va balog‘atga yetgan musulmon shu aqidaga buyurildi. To'liq o'qish uchun, 🔗 link ustiga bosing.↓ https://telegra.ph/Ahli-sunna-val-jamoa-etiqodi-1-11-24
Название:
SOG'LOM E'TIQODGA YO'LLANMA 1-DARS• СОҒЛОМ ЭЪТИҚОДГA ЙЎЛЛAНМA•1-дарс
Категория:
Разное