Og'ir sharoitda qolgan fuqaro Bosh Konsulxona tomonidan Vatanga yuborildi!
2 февраля с.г. Генеральное консульство Республики Узбекистан в г. Екатеринбурге оказало содействие и помощь в возвращении на Родину гражданина Узбекистана Каюмова Н.М., оказавшегося в трудной жизненной ситуации и нуждающегося в помощи из-за состояния здоровья и сложного материального положения. В период нахождения в России гражданин сперва потерял документ, удостоверяющий его личность, после в ходе осуществления трудовой деятельности получил повреждение глаз, из-за чего начал терять зрение, а затем окончательно ослеп. Соотечественника приютила ее давняя знакомая - россиянка Ананич Е.А., которая присматривала и ухаживала за ним больше года. Консульским учреждением гражданину было оформлено Свидетельство для возвращения на Родину и был приобретен билет на авиарейс по направлению «Екатеринбург-Ташкент» на 2 февраля с.г. В настоящее время гражданин находится на Родине рядом с близкими родственниками и проходит медицинское обследование. Пользуясь случаем, Генеральное консульство выражает благодарность Ананич Е.А. за неравнодушие, гуманизм, высокие моральные качества и оказанную помощь гражданину Узбекистана, оказавшемуся в трудной жизненной ситуации. ============================== Joriy yilning 2-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan sogʻligi va moliyaviy ahvoli ogʻirligi tufayli qiyin sharoitga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarosi N.M.Qayumovni Vatanga qaytarishda amaliy yordam koʻrsatildi. Fuqaro Rossiyada boʻlgan davr mobaynida dastlab uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yoʻqotgan, soʻngra esa ish faoliyati davomida koʻzlari jarohatlanishi oqibatida asta-sekin koʻrish qobiliyatini yoʻqotib, keyinchalik batamom koʻr boʻlib qolgan. Vatandoshimizga bir yildan koʻproq muddat davomida uning eski tanishi boʻlgan Rossiya fuqarosi Y.A.Ananich qaragan hamda gʻamxoʻrlik qilgan. Konsullik muassasasi tomonidan Oʻzbekiston fuqarosiga Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi va 2-fevral kuni amalga oshirilgan "Yekaterinburg-Toshkent" yoʻnalishidagi aviareysga chipta sotib olib berildi. Ayni paytda oʻz Vatanida yaqin qarindoshlari bilan birgalikda boʻlib turgan fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda. Fursatdan foydalanib, Bosh konsulxona Y.A.Ananichga uning hamyurtimiz taqdiriga befarq boʻlmaganligi, insonparvarligi, yuksak maʻnaviy fazilatlari va ogʻir sharoitda qolgan Oʻzbekiston fuqarosiga koʻrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiradi.