Sharli ventil (klapan) qanday ishlaydi? #jaloliddin #muminov #valve #вентил #клапан #ballvalve
Qisqacha ma'lumot Sharli ventil (klapan, kran)-bu suyuqlik oqimini tartibga soluvchi qurilma bo'lib, u orqali oqib o'tadigan suyuqlikni boshqarish uchun ichi bo'sh, teshilgan va aylanadigan sharikdan foydalanadi. U sharikning o'rtasidagi teshik oqim kirish joyiga to'g'ri kelganda ochiladi va klapan tutqichi uni 90 gradusga aylantirib, oqimni to'sib qo'yganda yopiladi. dastak ochilganda oqimga to'g'ri keladi va yopilganda unga perpendikulyar bo'ladi, bu esa klapan ochiq yolki yopiq ekanini aniqlashni osonlashtiradi. Dastakning burilishi ochilish-yopilish holati soat yo'nalishi bo'yicha ham, unga qarshi ham bo'lishi mumkin. Sharki ventillar bardoshli, ko'p davr yaxshi ishlaydi va ishonchli. Uzoq vaqt ishlamay turganda ham ishonchli tarzda yopiladi. Bu fazilatlar ularni o'chirish va tartibga solish tizimlari uchun ajoyib tanlovdir. Lekin gaz muhitlarida qo'llanilganda yuqoridagi afzallaiklarni qo'llab quvvatlamaydi. Birdan bir kamchiligi ishqalanish evaziga yeyilganda suyuqlikni ayniqsa gaz muhitlarini o'tkaziy yuborishi kuzatiladi. Bazi holatlarda korroziya (zanglash) sabab ishdan chiqishi mumkin. Lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan ularning sharik va salnik qismini ishqalanishga va korroziyaga chidamli materilalardan tayyorlash talab etiladi. Bu esa ushbu turdagi sifatli ventillarning tannarxini oshirishi mumkin! Sharli ventillarda suyuqlik yoki gazning harakati ikki tomonlama bo'ladi. Vertikal quvurlardan suyuqlik uzatilganda suyuqlikning ortga qaytish holati kuzatilishi mumkin. Shuning uchun qo'shimcha ravishda bir tomonlama klapanlardan ham foydalaniladi. Sharli ventilning ishlashi, ta'mirlanishi va universalligi uni sanoatda keng qo'llash imkonini beradi. chunki u ishlatilgan sharoit va materiallarga qarab 1000 bar (100 MPa; 15 000 psi) gacha bosim va 400 °C (750 °F) gacha bo'lgan haroratni saqlaydi. O'lchamlari odatda 0,2 dan 48 dyuymgacha (5 mm dan 1200 mm gacha). Tana korpuslari metall, plastmassa yoki keramik qoplamali metalldan tayyorlanadi; Shariklar ko'pincha mustahkamlikni oshirish uchun xromlanadi. Jaloliddin Mo'minov (Ayrim ma'lumotlar wikipediyadan olingan) Jaloliddin Moʻminov #jaloliddin #muminov #reengineering #ballvalve #jaloliddin #muminov #pressure #valve #клапан #forming #experiment #lifehacks #science installing ball valve plumbing how to use ball valve best ball valve for water tank
Название:
Sharli ventil (klapan) qanday ishlaydi? #jaloliddin #muminov #valve #вентил #клапан #ballvalve
Категория:
Разное